Pythonda o'zgaruvchilar
Har qanday dasturlash tilining asosiy tushunchasi o'zgaruvchidir. O'zgaruvchi - bu satrlar yoki raqamlar kabi ba'zi ma'lumotlarni saqlashimiz mumkin bo'lgan konteyner (idish).
Har bir o'zgaruvchining nomi bo'lishi kerak, u lotin harflari, raqamlar va pastki chiziqdan iborat bo'lishi mumkin. Pythonda biz o'zgaruvchini shunchaki nomini yozish orqali e'lon qilamiz va uning qiymatini ko'rsatish uchun = operatoridan foydalanamiz:
test = 1
№1
O'zgaruvchiga nom bering va unga quyidagi qiymatni yozing:
'abc'
№2
Har qanday ikki xonali sonni o'zgaruvchiga yozing.