Python qisqartirilgan operatsiyalar
Matematik operatsiyalar kodda juda ko'p joy egallagan holatlar mavjud. Masalan, o'zgaruvchiga 1 qo'shamiz:
num = 1
num = num + 1 # num ga 1 ni qo'shamiz
print(num) # chiqaradi 2
Ushbu kodni += operatori yordamida qisqartirilgan shaklda ham qayta yozish mumkin:
num = 1
num += 1 # num ga bir raqamini qo'shamiz
print(num) # chiqadi 2
Shu tarzda siz o'zgaruvchidan raqamni ayirishingiz mumkin:
num = 1
num -= 1 # num dan 1ni ayiramiz
print(num) # chiqadi 0
№1
Qo'shish va ayirish operatsiyalarini kiritish uchun ushbu kodni qayta ishlang:
num = 4
num = num + 1
num = num - 1
num = num + 1