PHPda while tsikli
while tsikli unga parametr sifatida berilgan ifoda toki rost (true) bo'lar ekan bajarilaveradi. U ixtiyoriy miqdordagi iteratsiyalarni bajarishga imkon beradi. Uning sintaksisi quyidagicha:
<?php
while ( toki ifoda rost ) {
biz ushbu kodni davriy ravishda bajaramiz
har bir tsiklning boshida biz qavs ichidagi ifodani tekshiramiz
}
?>
Tsikl ifoda yolg‘on (false) bo‘lganda toxtaydi. Agar ifoda dastlab yolg‘on (false) bo‘lsa, tsikl biror marta ham bajarilmaydi.
Keling, misol uchun while tsiklidan foydalanib, birdan beshgacha bo‘lgan sonlarni ketma-ket ekranga chiqaramiz:
<?php
$i = 1;
while ($i <= 5) {
echo $i;
$i++;
}
?>
Endi esa teskari sanashni bajaramiz.:
<?php
$i = 10;
while ($i > 0) {
echo $i;
$i--;
}
?>
Endi esa berilgan sonni 2 ga bo‘lishni davom ettiramiz, natija 10 dan kichik bo‘lguncha:
<?php
$num = 500;
while ($num > 10) {
$num = $num / 2;
}
echo $num; // natija
?>
№1
1 dan 100 gacha raqamlarni ekranga chiqaring.
№2
11 dan 33 gacha raqamlarni ekranga chiqaring.
№3
100 dan 1 gacha raqamlarni ekranga chiqaring.
№4
Muayyan boshlang'ich qiymatga ega bo'lgan son num berilgan. Ko'paytirish natijasi 1000 dan katta bo'lguncha uni imkon qadar ko'p marta 3 ga ko'paytiring. Qaysi raqamni olasiz? Buning uchun zarur bo'lgan iteratsiyalar sonini hisoblang.