Koder.uz

3 of 402 menu

PHP sikllarida sonlarni to'plash

Keling, sikl yordamida 1 dan 100 gacha bo‘lgan butun sonlar yig‘indisini topamiz. Bunday masalani yechish uchun siklda sonlar olinadi va ularning yig‘indisi ketma-ket biror o‘zgaruvchiga yoziladi:

<?php $res = 0; for ($i = 1; $i <= 100; $i++) { $res = $res + $i; } echo $res; // kerakli yg'indi ?>

Yechimni += operatori yordamida soddalashtirish mumkin: 

<?php $res = 0; for ($i = 1; $i <= 100; $i++) { $res += $i; } echo $res; ?>

№1

2 dan 100 gacha bo‘lgan juft sonlar yig‘indisini toping.

№2

1 dan 99 gacha bo‘lgan toq sonlar yig‘indisini toping.

№3

1 dan 20 gacha bo‘lgan butun sonlarning ko‘paytmasini toping.

uz ru
light night