Koder.uz

3 of 402 menu

PHP da mantiqiy operatsiyalar

Keling, quyidagi kodni ko‘rib chiqamiz: 

<?php $a = 1; $b = 2; if ($a == $b) { var_dump(true); } else { var_dump(false); } ?>

 Ko‘rib turganingizdek, ushbu kodda a va b o‘zgaruvchilari taqqoslanadi va agar ular teng bo‘lsa, konsolga true, aks holda false chiqariladi.

Bu yerda sizga unchalik aniq bo‘lmagan bir narsani ochib berish vaqti keldi: aslida if konstruktsiyasidan foydalanish shart emas, chunki ==, ===, !=, <, > kabi operatorlarning o‘zi natija sifatida true yoki false qaytaradi.

Mana misol: 

<?php var_dump(1 == 1); // выведет true var_dump(1 == 2); // выведет false ?>

Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, dars boshidagi kodni yanada soddaroq tarzda qayta yozish mumkin: 

<?php $a = 1; $b = 2; var_dump($a == $b); ?>

Natijani darhol chiqarish shart emas, uni istalgan o‘zgaruvchiga tayinlash mumkin: 

<?php $a = 1; $b = 2; $res = $a == $b; var_dump($res); ?>

№1

Quyidagi o'zgaruvchilar berilgan:

<?php $a = 2 * (3 - 1); $b = 6 - 2; ?>

== Operatoridan foydalanib, ushbu o'zgaruvchilarning qiymatlari teng yoki yo'qligini aniqlang.

№2

Quyidagi o'zgaruvchilar berilgan:

<?php $a = 5 * (7 - 4); $b = 1 + 2 + 7; ?>

> Operatoridan foydalanib, $a o'zgaruvchisi $b dan katta yoki yo'qligini aniqlang.

№3

Quyidagi o'zgaruvchilar berilgan:

<?php $a = 2 ** 4; $b = 4 ** 2; ?>

!= Operatordan foydalanib ushbu o'zgaruvchilarning qiymatlari xarxil yoki birxilligini aniqlang.


uz ru
light night