PHP da mantiqiy va
Mantiqiy VA (and) shartlarning bir vaqtning o‘zida bajarilishini taminlaydi. Quyidagi misolda shart $num 0 dan katta va bir vaqtning o‘zida 10 dan kichik bo‘lsa bajariladi:
<?php
$num = 3;
if ($num > 0 and $num < 10) {
echo '+++';
} else {
echo '---';
}
?>
Shartlar bitta emas, bir nechta o‘zgaruvchilarga ham qo‘llanilishi mumkin. Quyidagi misolda shart $num1 2 ga va $num2 3 ga teng bo‘lsa bajariladi:
<?php
$num1 = 2;
$num2 = 3;
if ($num1 == 2 and $num2 == 3) {
echo '+++';
} else {
echo '---';
}
?>
№1
$num o'zgaruvchisi noldan katta va 5 dan kichik ekanligini tekshiring.
№2
$num o'zgaruvchisi 10 dan katta yoki teng yoki 20 dan kichik yoki teng ekanligini tekshiring.
№3
$num1 o'zgaruvchisi 1 ga teng yoki undan kam va $num2 o'zgaruvchisi 3 dan katta yoki teng ekanligini tekshiring.