PHP da massivlar
Ushbu darsda biz maxsus ma'lumot turi bo'lgan massivni o'rganishni boshlaymiz. Massiv – bu tartiblangan holda bir nechta qiymatlarni saqlash imkonini beruvchi o‘zgaruvchi.
Massiv yaratish uchun kvadrat qavslar ishlatiladi:
<?php
$arr = []; // massiv yaratamiz $arr
?>
Hozircha yaratgan massivimiz hech qanday ma'lumotni o‘z ichiga olmaydi. Uni hafta kunlari nomlari bilan to‘ldiramiz:
<?php
$arr = ['du', 'se', 'ch', 'pa', 'ju', 'sh', 'ya'];
?>
Biz massivga kiritgan har bir qiymat, ya'ni hafta kunlari nomlari, massiv elementi deb ataladi. Ko‘rib turganingizdek, elementlar vergul bilan ajratiladi. Verguldan keyin probel qo‘yish yoki qo‘ymaslik mumkin (odatiy holatda probel qo‘yish tavsiya etiladi).
E'tibor bering, hafta kunlari nomlari matnli qiymatlar bo‘lgani uchun qo‘shtirnoq ichiga olingan. Massiv ichida matnli qiymatlar bilan bir qatorda sonlarni ham saqlash mumkin, bu holda ular qo‘shtirnoqqa olinmaydi:
<?php
$arr = [1, 2, 3];
?>
Bundan tashqari, massiv ichida PHP ning barcha ruxsat berilgan ma'lumot turlarini saqlash mumkin, hattoki ularni bitta massiv ichida aralashtirib ishlatish ham mumkin, misol:
<?php
$arr = [1, 2, 'a', 'b', null, true, false];
?>