CSS-da yagona id bo'yicha elementni tanlash
Ma'lumki, classlar elementlar guruhlariga tayinlanish uchun. Classlarga qo'shimcha ravishda siz elementlarni noyob yagona identifikatori bo'lgan id bo'yicha ham tanlashingiz mumkin. Id shuni anglatadiki, agar bizda allaqachon sahifada bir xil identifikatorga ega element mavjud bo'lsa, xuddi shu identifikatorga ega boshqa element bo'lmasligi kerak.
Yagona identifikator id
atributi yordamida o'rnatiladi, unda biz xoxlagan nom yoziladi. Masalan, ikkita blok yasaymiz. Birinchisiga biz id
sini block1
qiymatiga, ikkinchisiga esa block2
qiymat beramiz.

text

text

text

text

Elementga berilgan id
bo'yicha murojaat qilish uchun siz # belgisini va biz bergan ismni quyidagicha yozishingiz kerak:
#block1 {
color: red;

#block2 {
color: green;