Murakkab CSS selektorlarini guruhlashdagi xatoliklar
Guruhlashda vergul bilan ajratilgan har bir narsa to'liq selektorni ifodalashi kerak. Keling, qaerda xato qilishingiz mumkinligini ko'rib chiqaylik.
Ushbu kodni olamiz:
#block h2 {
color: red;
}
#block h3 {
color: red;
}
Keling, ikkita selektorni guruhlaymiz. Mana to'g'ri guruhlangan variant:
#block h2, #block h3 {
color: red;
}
Va bu erda guruhlashning noto'g'ri varianti:
#block h2, h3 {
color: red;
}
Ushbu noto'g'ri guruhlash variantida, negadir yangi o'rganayotganlarga #block verguldan keyin bo'lgan h2
va h3
ning ikkalasiaga ham tegishlidek tuyuladi. Ammo selektorlar vergul orqali yozilmaydi. Noto'g'ri guruhlash varyantini quyidagicha qayta yozilishi mumkin:
#block h2 {
color: red;
}
h3 {
color: red;
}
Biz qisqartirgan to'g'ri variant bilan solishtiring:
#block h2 {
color: red;
}
#block h3 {
color: red;
}