HTMLda havolalar bilan ishlash

Endi biz havolalarni o'rganamiz. Havolalar Internetni Internet qiladigan narsa havlolalardir(linklar). Havolalarni bosish orqali biz saytning bir sahifasidan boshqasiga o'tishimiz mumkin. Agar ular bo'lmaganida, Internet shunchaki sahifalar to'plami bo'lar edi, bir-biriga hech qanday aloqasi bo'lmas edi.

Havola <a> tegi yordamida yaratiladi. Ushbu tegda href atributi bo'lishi kerak, unda bog'langan sahifaning manzili yozilishi kerak

Misol uchun Google-ga havola yaratmiz. Buning uchun siz google saytni brauzerda ochishingiz, manzil satridan sahifa manzilini nusxalashingiz va havolani href atributiga kiritishingiz kerak.

<a href="https://www.google.com">link</a>

uz ru