HTML teglaridagi atributlar
Teglarga Atributlar ham joylashtirilishi mumkin. Atributlar tegning holatini o'zgartiruvchi maxsus buyruqlardir. Atributlar ushbu formatdagi ochilish tegiga joylashtiriladi.
<teg atribut1="qiymati" atribut2="qiymati">
Qo'shtirnoq har xil bo'lishi mumkin - bittalik yoki ikkitalik qo'shtirnoq, agar atributning qiymati bitta so'zdan iborat bo'lsa, ularni umuman qo'ymaslik ham mumkin (lekin bunday qilish tavsiya qilinmaydi).