CSS daChegaralar bilan ishlash asoslari
Endi biz elementlarga chegara qo'shishni o'rganamiz. Bu uchta xususiyat yordamida amalga oshiriladi. border-width
xossasi chegara qalinligini, border-color
- rangni, border-style
esa chegara turini belgilaydi.
border-color
color
stili bilan bir xil formatdagi ranglarni qabul qiladi va border-width
piksellarda o'rnatiladi. border-style
esa maxsus kalit so'zlar mavjud. Masalan, solid
qiymaiti to'liq chiziqni bildiradi.
Keling, qalinligi 3 piksel bo'lgan, to'liq chiziq shaklida, qizil rangdagi chegara yasaymiz.
<div id="elem"></div>
#elem {
border-width: 3px; /* qalinligi 3px */
border-style: solid; /* to'liq chiziq ko'rinishida */
border-color: red; /* qizil rang */
width: 300px;
height: 100px;
}